Dam olish kunlarida ob-havo qanday boʻladi?
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
27-28-dekabr, dam olish kunlarida respublika hududida yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Unga koʻra, 27-dekabr, shanba kuni faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.
28-dekabr, yakshanba kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Dam olish kunlari havo harorati: shanba kuni 7-12 daraja iliqqacha, yakshanba kuni 10-13 daraja iliqqacha koʻtariladi. Harorat kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliq atrofida boʻladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring