Dala chetlaridagi yerlarda mahsulot yetishtirish tizimi takomillashtiriladi
Foto: Arxiv surat
“Qishloq xoʻjaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Prezident qarori (PQ–121-son, 12.04.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligiga dala chetlarida ishlarni toʻgʻri va sifatli tashkil qilish, yer egalariga ekishdan boshlab mahsulotni realizatsiya qilishgacha boʻlgan davrda amaliy yordam berish uchun 2023-yilda har bir tumanga 4 nafargacha, jami 672 nafargacha mavsumiy agronomlarni ishga qabul qilishga ruxsat berildi.
Buning uchun Agentlik tizimida qishloq xoʻjaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirishni joriy qilishga masʼul boʻlgan direktor oʻrinbosari shtati joriy qilinadi.
Prezident qarori doirasida Agentlikning Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2023-yilda ajratilishi koʻzda tutilgan 400 milliard soʻm byudjet ssudasi hisobidan 100 milliard soʻm yillik 10 foiz stavkada quyidagi maqsadlar uchun sarflanishi belgilandi:
— dala chetini oʻzlashtirish va mahsulot yetishtirish uchun zarur boʻlgan urugʻ, koʻchatlar, mineral oʻgʻitlar, kimyoviy preparatlar, moddiy-texnik resurslar bilan taʼminlash;
— suv bilan taʼminlash uchun nasos va quvurlarni oʻrnatishga 6 oygacha imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada qarz ajratish. Bunda, berilayotgan qarz mablagʻlari olinayotgan daromadning 50 foizidan oshib ketishi mumkin emas.
Qarorga koʻra, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilishga 50 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi, ushbu mablagʻlar:
— qishloq xoʻjaligi korxonalariga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida qishloq xoʻjaligi yerlari atrofida kollektor-drenaj tarmoqlari mavjud boʻlgan fermer xoʻjaliklariga zovur suvlarida 200–250 boshdan oʻrdak boqish va asalari uyasi tashkil qilish uchun yillik 14 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi.
2023–2025-yillarda Sirdaryo viloyatida foydalanilmay boʻsh turgan dala chetlari hamda kollektor-drenajlar atroflaridagi 500 gektar maydonda ixcham “ijtimoiy issiqxona”ni tashkil qilinib, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga tayyor holda 2,5 sotixdan ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring