Dala chetlarida bogʻlar barpo etilmoqda

13:54 22 Yanvar 2025 Jamiyat
282 0

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Guliston tumanida 542 ta fermer xoʻjaliklarining dalalari chetida 502 gektar mevali bogʻ barpo etilmoqda.

— Prezidentimizning 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qarori ayni muddao boʻldi. Dala chetlaridan tashqari irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari chetidagi boʻsh yerlarda ham bogʻlar yaratilmoqda, — deydi Guliston tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Sardorbek Oʻtbosarov. — Bunda koʻchatlarning tuproq sharoitiga hamda turli kasalliklarga chidamliligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bois har qanday yer, iqlim sharoitida ham barq urib oʻsadigan, moʻl meva beradigan uch daraxt turi, yaʼni olcha, behi, chilonjiydadan iborat bogʻlar tashkil qilinmoqda. Boʻsh yotgan yerlarda tokzor va olxoʻrizorlar ham paydo boʻlmoqda.

Fermer xoʻjaliklari dalalari chetiga jami 445 ming tup mevali koʻchat ekilishi moʻljallangan boʻlsa, sugʻorish, kollektor va drenaj tarmoqlari atrofidagi boʻsh yerlarga 50 ming tup mevali daraxt nihollari oʻtqaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?