Choʻlponni yod etib...
Saminjon HUSANOV/«Xalq soʻzi». Andijonlik bir guruh ijodkorlar Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 126-yilligi munosabati bilan uning Andijon shahridagi uy muzeyida boʻldi. Bu yerda shoirning hayoti va ijodiga bagʻishlangan eksponatlar bilan tanishdi.
– Muzeyda Choʻlponning qalamiga mansub boʻlgan asarlarning haqiqiy qoʻlyozmasidan tortib uning qatl etilishiga doir rasmiy hujjatlarning nusxalarigacha oʻrin olgan, – deydi Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining Andijon viloyati boʻlimi rahbari Maxpuraxon Ortiqova. –Uchta xonadan oʻrin olgan hujjatlar va ashyolar orqali Choʻlponning, nafaqat, shoir, balki, jurnalist, jadidchi, tarjimon, noshir, dramaturg sifatidagi faoliyati bilan tanishish mumkin. Menga, ayniqsa, choʻlponshunoslarning tadqiqot ishlari va xorijiy matbuot nashrlaridagi mavzuga doir maqolalar koʻproq manzur boʻldi. Ular orqali Choʻlponga dunyo nigohi bilan yanada teranroq nazar solish mumkin. Oʻz oʻrnida andijonlik ijodkorlar qalamiga mansub kitoblarni muzeyga sovgʻa qildik.




Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring