Chingiz ogʻaning gipnozi
Foto: Xalq so‘zi
— Toshkentda universitetda tahsil olib, tuman gazetasi tahririyatida ishlab yurgan kezlarim edi, — deya eslaydi gʻijduvonlik noziktaʼb ijodkor, “Kuzgi qaldirgʻoch”, “Visol va hijron”, “Uchinchi bekat” deb nomlangan kitoblar muallifi Komil Joʻrayev. — Uydan koʻchaga chiqib, otamning avtomashinalari oftobda qolganini koʻrdim. Uni daraxt soyasiga olib qoʻydim. Shu payt miyamga “Shaharni bir aylanib kelsam – chi...” degan fikr keldi.
Mashinani oʻt oldirib, yoʻlga chiqdim. Markazdagi katta kitob doʻkoni oldidan oʻtayotib toʻxtadim. Oʻsha kezlarda bu yerdan kattayu kichikning qadami uzilmasdi. Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” qissasi kelgan ekan. Qoʻlimga olib, oʻqiy boshladim. Shu-shu undan koʻz uzolmay qoldim. Kitobning pulini toʻlab koʻchaga chiqdim. Mutolaani doʻkon roʻparasidagi daraxt soyasida davom ettirdim .Keyin bir kitobga, bir yoʻlga qaragan koʻyi oʻqib-oʻqib uyga qaytdim.

Dadam kelishimni kutib koʻchada yoʻl poylab turgan ekanlar.
— Mashina qani?!- soʻradilar tashvishli ovozda.
— Men avvaliga hayron boʻldim.Keyin hammasi esimga tushib kulib yubordim – da u kishining qoʻliga kitobni tutqazdim.
— Mana shunga almashdim, - dedim hazillashib.
— Mashinani GAIga oldirdingmi?- xavotirlanib soʻrashda davom etdilar dadam.
— Yoʻq, kitobni oʻqib koʻrib, unga mahliyo boʻlganimcha doʻkonga mashinada borganimni unutib kelaveribman, - dedim.
Shunda u kishining yuziga tabassum yugurdi.
— E, yashasin Chingiz ogʻa. Yangi asari bilan seni gipnoz qilibdida. Borgin, tezroq olib kel, men mashinada bir joyga ketishim kerak, oʻrtoqlar kutib qolishdi,- dedi.
Komil akaning bu hikoyasini tinglab, yaxshi asar chindan ham odamni oʻziga ohanrabodek tortadi, sirdoshu qadrdonga, maslakdoshga aylantirib qoʻyadi, degan oʻyga borasan, kishi. Axir donolar kitob eng yaqin doʻst, deya bejiz aytishmagan.
Komil akaning otasiga kelsak, u kishini Buxoroda bilmagan odam kamdan kam topilardi. Olim aka Joʻrayev uzoq yillar davomida viloyat gazetasida faoliyat koʻrsatgan, Shofirkon hamda Gʻijduvon tuman gazetalarida jami yigirma yildan ziyod muharrirlik qilgan. Komil akaning sogʻinch bilan eslashicha, kitobxonlik borasida ham aynan padari buzrukvori unga shaxsiy namuna koʻrsatgan ekan.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring