Chet tili imtihoni natijalari eʼlon qilindi
2025-yil 18-oktyabrdan 6-noyabrga qadar boʻlib oʻtgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari eʼlon qilindi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.
Test natijalari “my.gov.uz” saytida eʼlon qilingan boʻlib, talabgorlar “Mening arizalarim” boʻlimidan oʻz natijalari bilan tanishishlari mumkin boʻladi.
Test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar oʻz sertifikatlarini “my.gov.uz” sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari ham mumkin.
Maʼlumot uchun, oʻz natijasidan norozi boʻlgan talabgorlar 3 kun mobaynida “my.gov.uz” sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida koʻrib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring