Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslikka daʼvat qilganlik javobgarlikka sabab boʻladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–832, 25.04.2023-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi.
Shunga koʻra:
— Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisining huquqbuzarliklarni toʻxtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, koʻrsatilgan muddatda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki ushbu boʻlinmalarda hozir boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini toʻxtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik –BHMning 1 baravaridan 12 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shuningdek:
— Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisining oʻz xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda daʼvatlar qilish, xuddi shuningdek Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilariga ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish –
— BHMning 3 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring