Siyosat

Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

19:47 13 Mart 2026
Endi masʼuliyatsiz rahbarlar haqida Prezidentga axborot beriladi

Berilgan har bir topshiriqning real ijro holati boʻyicha kundalik nazorat oʻrnatish, masʼuliyatni his qilmagan, sustkashlikka yoʻl qoʻygan rahbarlar boʻyicha tanqidiy, ochiq va xolis axborot kiritib borish vazifasi qoʻyildi.

16:10 13 Mart 2026
Murojaatlar bilan ishlashda “mahalla yettiligi”ning masʼuliyati oshiriladi

Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi. Uni yuritishga yoshlar yetakchisi bilan mahalla raisi masʼul boʻladi.

16:05 13 Mart 2026
Xorazm viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Shu bilan birga, vazifalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

16:04 13 Mart 2026
Senat qoʻmitasi hamda Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti memorandum imzoladi

Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti oʻrtasida memorandum imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

16:03 13 Mart 2026
Prezident Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilab berdi

Prezident Administratsiyasiga hokimlar bilan birgalikda Xalq qabulxonalariga muammolarning mohiyatini tushunadigan zamonaviy kadrlarni jamlash, murojaatlarni tizimli tahlil qilish boʻyicha alohida nazorat guruhi faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

15:52 13 Mart 2026
Qarshi shahridan Xalq qabulxonasiga nafaqa boʻyicha 877 ta murojaat kelib tushgan

Mazkur masalada murojaat qilgan ayollarning muammosini faqat nafaqa toʻlash nuqtayi nazaridan emas, balki boshqa qiyinchiliklari bilan birgalikda kompleks ravishda koʻrib chiqish zarurligi qayd etildi.

15:48 13 Mart 2026
Qashqadaryoda yosh IIO xodimlariga muomala madaniyati oʻrgatiladi

Xodimlariga nisbatan eʼtirozlar koʻp boʻlgan Majburiy ijro byurosi, soliq, elektr, suv va gaz, tibbiyot va taʼlim idoralarining rahbarlari ham oʻz ishini xuddi shu yoʻsinda tashkil qilishi zarurligi qayd etildi.

15:34 13 Mart 2026
Qarshidagi 40 ta boshqaruv kompaniyasi faoliyati ustidan 111 ta shikoyat kelib tushgan

Hokimning qurilish boʻyicha oʻrinbosari eng koʻp murojaat tushgan Choʻlquvar, Nuriston, Oydin mahallasiga borib, aholi va boshqaruv kompaniyalari bilan uchrashishi belgilandi.

15:25 13 Mart 2026
Qarshida aliment toʻlashdan boʻyin tovlagan 62 kishi daromadini kamaytirib koʻrsatayotgani aniqlandi

Shahar soliq inspeksiyasiga Bosh prokuratura departamenti bilan birgalikda daromadini yashirib kelayotganlarning faoliyatini “soyadan” chiqarish topshirildi.

15:11 13 Mart 2026