All

Tojikistonda 27-apreldan maktab, bogʻcha va teatrlar vaqtincha yopilаdi. Ammo bu karantin emas!

Maʼlum boʻlishicha, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga taʼtil berilmaydi, ularda odatiy taʼlim jarayonlari davom etaveradi.

17:05 25 Aprel 2020
4 marta koronavirus uchun test topshira olmay shifoxonadan qaytgan shifokor vafot etdi

Michigan shtatida laboratoriya diagnostikasi bo'limining shifokori to'rt marta koronavirus testini topshira olmagan. U 25-aprel kuni vafot etdi.

16:39 25 Aprel 2020
Maktablarga ishga qabul qilish vaqtincha toʻxtatilganmi?

Ayni paytdagi vaziyat barqarorlashgandan soʻng yuqorida belgilangan vaqtinchalik koʻrsatmalar bekor qilinadi hamda taʼlim muassasalariga amaldagi mehnat qonunchiligi asosida mutaxassisligingiz boʻyicha ulardagi boʻsh (vakant) lavozimlarga ishga qabul qilish yuzasidan murojaat etishingiz mumkin.

16:20 25 Aprel 2020
Toshkent va Xorazmda 18 nafar bemor tuzaldi. Jami sogʻayganlar soni 700 nafardan oshdi

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 86 nafar bemor tuzalib, mamlakat boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻaygan bemorlar 707 nafarni tashkil etmoqda.

16:02 25 Aprel 2020
Yaponiya 30 metr balandlikdagi sunamiga tayyorlanmoqda. Fukisima voqeasi takrorlanishi mumkinmi?

Yaponiyalik olimlar mamlakatning shimoliy-sharqiy sohillarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan 9 balli zilzilaning ehtimoliy oqibatlarini modellashtirishdi.

15:52 25 Aprel 2020
Qozogʻistonda 629 nafar bemor koronavirusdan sogʻaydi

“25 kishi koronavirusdan sogʻayib chiqdi. Nur-Sulton shahrida — 2, Chimkent shahrida — 4, Qiziloʻrda viloyatida — 8, Qaragʻandi viloyatida — 2, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatida — 4, Aqmola viloyatida — 2, Turkiston viloyatida – 3 odam”, — deyiladi xabarda.

15:51 25 Aprel 2020
Saudiya Arabistonida qamchilash jazosi bekor qilindi

Qamchi bilan urish mamlakatda eng keng tarqalgan jazo turi sifatida qaralardi. Bu esa inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarning keskin noroziligiga sabab boʻlib kelgan.

15:45 25 Aprel 2020
Oʻzbekistonda koronavirusdan sogʻayganlar 700ga yaqinlashdi

Fargʻona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 22 nafar bemor butunlay sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

15:15 25 Aprel 2020
9-mayda qabristonlarni ziyorat qilishga ruxsat beriladimi? IIV izoh berdi

9-may bayrami yaqinlashib kelmoqda, Xotira va qadirlash kunida koʻpchilik ota-bobolarining qabrlarini ziyorat qilishga boradi. Har yili bu odat tusiga kirgan. Karantin davrida nima boʻladi? Qabristonlarga borishga ruxsat etiladimi? Ushbu savolga Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov javob berdi.

14:59 25 Aprel 2020
Buxoroda ham 32 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Buxoro viloyatidan bir yoʻla 32 nafar bemorning toʻliq sogʻayib chiqishi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarining navbatdagi gʻalabasidir. Ularning 22 nafari viloyat koʻp tarmoqli markazidan, 10 nafari yuqumli kasalliklar shifoxonasidan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

14:20 25 Aprel 2020
Oʻzbekistonda 625 nafar bemor koronavirusdan butunlay sogʻaydi

Surxondaryo viloyatidan 3 nafar, Navoiy viloyatidan 1 nafar bemor butkul sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

14:01 25 Aprel 2020
1-maydan boshlab nimalar oʻzgaradi?

1. Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi

13:11 25 Aprel 2020
Tomda pilla yetishtirgan ayol

Ha, ishonavering, shunday boʻlgan. Qoʻshqayragʻoch mahallasida yashovchi Gulnora Xudoyberdiyeva zamonamizning oddiy, shukronalikdan boshqasini bilmaydigan fidoyi ayollaridan. U xalqimiz suyib “kumush tola” deb ardoqlaydigan pilla yetishtirishning hadisini olgan. Toʻraqoʻrgʻon tuman hokimligining axborot xizmati rahbari Zohida Kenjayeva oʻzaro suhbatlardan birida pillakor oʻtgan...

13:02 25 Aprel 2020
MAGATE Oʻzbekistonga test-tizimlari va komplektli uskunalarni yetkazib beradi

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va Sogʻlikni saqlash vazirligi ishtirokida Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi texnik hamkorlik dasturi doirasida MAGATE rahbariyati tomonidan Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutiga tashxis qoʻyuvchi test-tizimlar komplektli uskunalari yetkazib beriladi.

12:56 25 Aprel 2020
Jahon banki Oʻzbekistonga koronavirus sabab 95 mln dollarlik moliyaviy yordam ajratishga qaror qildi

Jahon banki koronavirus pandemiyasining Oʻzbekiston fuqarolarining salomatligi va farovonligiga taʼsirini yumshatish boʻyicha favqulodda choralarni qoʻllab-quvvatlash uchun 95 mln dollarlik moliyalashtirish dasturini tasdiqladi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.

12:44 25 Aprel 2020
Tomorqa ishlarini nazorat qilishni oʻqituvchilarga yuklayotganlar jazolanishi kerak — XTV munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻqituvchilarga tomorqa ishlarini nazorat qilish yuklatilayotganligiga oid maʼlumot eʼlon qilindi. XTV ushbu masalaga eʼtibor qaratib, oʻz munosabatini bildirdi.

12:44 25 Aprel 2020
Karantin davrida oʻqituvchilarga daftar tekshirish va sinf rahbarligi uchun pul toʻlanmaydimi?

Aprel oyidan direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan beriladigan toʻlovlar toʻxtatildi. Lekin endilikda daftar tekshirish, sinf rahbarligi uchun ham pul toʻlanmaydi deyishdi. Shu maʼlumotga aniqlik kiritib bersangiz? Ushbu savolga Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov javob berdi.

12:29 25 Aprel 2020
Departament tomonidan tomorqa yer egalariga amaliy yordam koʻrsatilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tashabbusi bilan Beruniy tuman prokuraturasi, hokimligi va soliq idoralari bilan hamkorlikda karantin vaqtida aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tuman hududida joylashgan savdo doʻkonlarini “Daladan dasturxonga” tamoyili asosida...

12:13 25 Aprel 2020
Qanday niqob koronavirusdan maksimal darajada himoyalashi maʼlum boʻldi

Amerikalik fiziklar turli xil dizayndagi niqoblarni koronavirusdan saqlanish uchun sinab koʻrishdi va har xil turdagi matolarning ikki qatlamidan niqob qilish yaxshiroq degan xulosaga kelishdi. Masalan, paxta va ipak bunga mos keladi, deb xabar beradi ACS Nano.

12:11 25 Aprel 2020
Ota-onasi xorij qamoqxonalarida boʻlgan samarqandlik bolalarga yordam koʻrsatildi

Turli sabablarga koʻra Iroq davlatining qamoqxonalarida jazo muddatini oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining 64 nafar farzandi Prezidentimiz tashabbusi va mustahkam siyosiy irodasi natijasida yurtimizga olib kelinib, tarbiyalash uchun yaqin qarindoshlari oilasiga berilgan edi.

12:05 25 Aprel 2020