All

Olmaliqda 4-misni boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi loyihalari boshlanadi

Iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni koʻpaytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash ustuvor yoʻnalish boʻladi.

13:12 20 Dekabr 2022
Gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta koʻrib chiqiladi

Jumladan, Ustyurtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlar jalb qilinadi.

13:06 20 Dekabr 2022
Xalqimiz ham, tadbirkor va investorlar ham, bizdan dolzarb masala boʻlgan energetika sohasida aniq yechimlar kutayotgani sir emas — Shavkat Mirziyoyev

Aholi xonadonlarida esa quyosh paneli oʻrnatishga ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2 barobarga koʻpaytiriladi.

13:00 20 Dekabr 2022
Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi

Ilgʻor tajribalar asosida soliq va bojxona maʼmurchiligi jiddiy isloh qilinadi.

12:57 20 Dekabr 2022
Agrar sohada yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalariga 2023-yilda 1 milliard dollar ajratiladi

Qishloq xoʻjaligida islohotlar qatʼiy davom ettiriladi.

12:42 20 Dekabr 2022
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar kuchaytiriladi

Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga oʻzgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash boʻyicha saʼy-harakatlar, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar kuchaytiriladi.

12:40 20 Dekabr 2022
Oʻtgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar boʻyicha javobgarlikka tortildi — Prezident

Sunʼiy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korrupsiyaga imkon beruvchi barcha boʻshliqlarga barham berilishi taʼkidlandi.

12:33 20 Dekabr 2022
Maʼmuriy sudlarga hokim qaroridan norozi boʻlib murojaat qilinganda, ishlarni eksterritorial tartibda, yaʼni boshqa hududda ham koʻrish amaliyoti joriy qilinadi

Oʻzbekistonda mulk va investitsiyaning himoyasini kuchaytirish maqsadida Xalqaro tijorat sudini tashkil qilish boʻyicha ham amaliy ishlar boshlangani taʼkidlandi.

12:30 20 Dekabr 2022
Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanishi lozim — Shavkat Mirziyoyev

Eng avvalo, odamlarning joylarda sudma-sud sarson boʻlib yurishlariga barham beriladi.

12:26 20 Dekabr 2022
Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmlari 1,5 barobarga oshirilib, 90 mingga yetkaziladi

Hududlarda ham yoʻlovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida yana 1 mingta avtobus harakati yoʻlga qoʻyiladi.

12:24 20 Dekabr 2022
Mahalla oʻzining muammosini mustaqil hal etishi uchun “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi

Har bir mahalla oʻzining kutubxonasi, sport maydonchasiga ega boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.

12:22 20 Dekabr 2022
“Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” yangi umummilliy harakati mahalladan boshlanadi

Kelasi yili bu tizim Toshkent shahrida boshlanadi. Bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi.

12:20 20 Dekabr 2022
Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy taʼlim standartlari joriy etiladi

Kimyo sanoati, elektrotexnika, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinadi.

12:17 20 Dekabr 2022
Kelasi yildan boshlangʻich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar boʻyicha oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi

Kelasi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 tasi kengaytiriladi.

12:15 20 Dekabr 2022
Maʼmuriy islohotlarning ikkinchi bosqichi sifatida kelgusi yilda hududlardagi boshqaruv tizimi ham isloh qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

12:11 20 Dekabr 2022
Prezident yangi maʼmuriy islohotlar toʻgʻrisidagi farmonni imzolaganini maʼlum qildi

Davlatimiz rahbari 2023-yildagi eng ustuvor yoʻnalishlarga toʻxtalib oʻtdi.

12:08 20 Dekabr 2022
Prezidentimiz 2023-yilga yurtimizda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb nom berishni taklif qildi

Yigʻilganlar bu tashabbusni bir ovozdan qoʻllab-quvvatladi.

12:05 20 Dekabr 2022
Fuqarolarimiz bildirgan barcha taklif va istaklar albatta inobatga olinadi va Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi — Shavkat Mirziyoyev

Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi pogʻonaga olib chiqish uchun boshqaruv ham, qonunchilik ham, jamiyatimiz ham oʻzgarishi kerakligi taʼkidlandi.

12:03 20 Dekabr 2022
Prezident bugun insoniyat nihoyatda murakkab davrni boshidan kechirayotganini taʼkidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda.

11:59 20 Dekabr 2022