Bunday oʻsish bilan Fargʻona viloyati aholisi 2030-yilga borib 5 millionga yetadi — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Davlat rahbari kecha viloyatda yangi korxonalarni boshqarayotgan tadbirkorlar, zamonaviy texnologiyalarda ishlayotgan yoshlarimiz, chiroyli uy-joy massivlariga koʻchib oʻtgan odamlarni koʻrib, mamnun boʻlganini taʼkidladi.
Shu bilan birga, dunyodagi hozirgi oʻta murakkab sharoitda yangi yoʻl ochish, investitsiya olib kelish oʻz-oʻzidan boʻlmayotgani qayd etildi.
Fargʻona aholisi 4 milliondan oshdi. Bunday oʻsish bilan viloyat aholisi 2030-yilga borib 5 millionga yetadi. Bu – Fargʻona viloyatini oʻzida yiliga 100 ta yangi bogʻcha, 40 ta maktab, 20 mingta xonadon va 500 mingta qoʻshimcha ish oʻrni yaratish kerak, degani.
Bu esa viloyat hokimi, uning 8 ta oʻrinbosari, 19 ta shahar-tuman hokimi oldiga katta vazifalar qoʻyib, ulardan qattiq masʼuliyat talab etishi koʻrsatib oʻtildi.
Oʻtgan yetti yilda viloyatda katta oʻzgarishlar boʻldi.
Kiritilgan investitsiyalar hajmi 3 karra oʻsdi. Tovar aylanmasi 10 million dollardan oshgan 122 ta korxona paydo boʻldi. Fargʻona korxonalari 60 ta yangi bozorga kirib bordi.
Bugungi kunga kelib, viloyatda yangi korxona ochaman, kengaytiraman, innovatsion loyiham bor, yuzlab, minglab odamni ishli qilmoqchiman, degan tadbirkor koʻpaydi.
Shu bilan birga, agar viloyat rahbariyati yangicha tizim qilib, tadbirkorlar bilan koʻproq shugʻullanganida edi, Fargʻonada 2-3 karra koʻp natijaga erishish mumkin boʻlar edi, dedi davlatimiz rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring