Buxorolik deputatlar Navoiyda
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, sohadagi ijobiy yutuqlar, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida buxorolik bir guruh deputatlar Navoiy viloyatida boʻlib turibdi.

Deputatlar dastlab viloyatning Qiziltepa tumaniga borib, xalq deputatlari tuman Kengashi, doimiy komissiyalar, Kengash kotibiyati faoliyati bilan tanishdi. Unda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida erishilgan yutuqlar, ochiqlik va shaffoflik yoʻlidagi amaliy ishlar, qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar boʻyicha takliflar berildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalari, partiya guruhlari va kotibiyatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tahliliy maʼlumotlar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi.
Uchrashuvda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi raisi Gʻofir Aliyev oʻzaro tajriba almashish mamlakatimizdagi mahalliy Kengashlarda faoliyat olib borayotgan deputatlar davlatimiz rahbarining oʻtgan yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning birinchi hamda parlamentning qoʻshma majlislaridagi maʼruzalari hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda xalqning chinakam “ovozi”ga aylanishini taʼkidladi.

Amaliy uchrashuvlar dasturi doirasida buxorolik deputatlar Qiziltepa, Karmanadagi mahallalar va sanoat korxonalarida boʻlib, mahalliy Kengashlarning haqiqiy nazorat organi boʻlishiga erishish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini yoʻlga qoʻyish borasida xalq deputatlari Navoiy viloyati mahalliy Kengashlari deputatlarining tajribalari bilan tanishmoqda.
Temur ESHBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring