Buxoroda qiz 7 million soʻmlik tilla taqinchoq oʻgʻirladi

22:55 31 Oktyabr 2021 Jamiyat
1195 0

Buxoro viloyati Vobkent tumanida 20-oktabr kuni qiz birovning uyidan 7 million soʻmlik tilla taqinchoq oʻgʻirladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, qiz tumandagi Doʻstlik mahallasidagi xonadonga oʻgʻrincha kirib, yotoqxonasidan 7 million soʻmlik tilla zanjirini oʻgʻirlab ketgan. Mazkur holat yuzasidan qizga nisbatan tuman ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻrilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Gʻijduvon tumani F.Yunusov mahallasida yashovchi 1997-yilda tugʻilgan Q.D. ismli qiz sodir qilgani aniqlangan. Shuningdek, undan tilla zanjir ashyoviy dalil sifatida olinib, jabrlanuvchiga qaytarib berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?