Buxoroda ekotaksilar qatnaydi
Foto: “Xalq soʻzi”
Olimlarning taʼkidlashlariga koʻra, avtomobillardan ajralib chiqayotgan ifloslantiruvchi va zararli moddalar atrof-muhit tozaligiga jiddiy ziyon yetkazmoqda. Ilm-fan aynan shunday zaharli moddalar onkologik, oʻpka kasalliklarining kelib chiqishiga sabab boʻlayotganini aniqlagan. Shu nuqtai nazardan yozi oʻta issiq, bahoriyu kuzida qum boʻronlari kuzatilayotgan Buxoroda ekotaksi faoliyati yoʻlga qoʻyilayotgani ayni muddaodir.
Viloyat transport boshqarmasi masʼullari xabar qilishicha, shu kunlarda Buxoroga barcha andozalarga mos 29 ta elektromobil olib kelindi. Ular shahar aholisi, xususan, xorijiy sayyohlarga zamonaviy servis xizmatini koʻrsatadi. Bunday avtomashinani boshqaradigan haydovchilardan esa xushmuomalalik, ayniqsa, xorijiy tillarni bilish talab qilinadi. Yurtimiz tarixini yaxshi bilishsa nur ustiga nur.
10-iyundan boshlab Buxoro shahri koʻchalarida ekotaksilar qatnay boshlaydi. Yaqin vaqt ichida ular safiga yana 50 ta elektromobilning qoʻshilishi kutilmoqda.
Istam IBROHIMOV , “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring