Buxoroda afsonaviy turk xoqoni Alp Er Toʻnga (Afrosiyob)ning qabri topildi..mi?
Turkiyaning Gazi universiteti professori doktor Nejati Demir tomonidan Buxoroda olib borilgan izlanishlari davomida Alp Er Toʻnga qabri topilgan. Bu haqda Madaniy meros agentligi maʼlum qildi.
Hozirda ushbu maʼlumot ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu Oʻzbekiston uchun jahonda katta muvaffaqiyat boʻlishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Alp Er Toʻnga miloddan avvalgi VII asrda yashagan, deb taxmin qilinadi. Alp Er Toʻnga taniqli harbiy sarkarda va mashhur davlat arbobi boʻlib, u turkiy xalqlar bobokaloni hisoblanadi.
U koʻchmanchi chorvador aholi oʻrtasida Alp Er Toʻnga, oʻtroq dehqonchilik vohalari aholisi oʻrtasida Afrosiyob nomi bilan mashhur boʻlgan shaxs boʻlib, Turon davlatiga asos solgan va uning birinchi xoni (xoqoni) boʻlgan.
Alp Er Toʻnga haqida Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk”, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitoblarida maʼlumotlar keltirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring