Bugun qanday ob-havo kuzatilishi aytildi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 8-11-fevral kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq — 1 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 9-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 10-11-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 9-10-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 11-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 9-11-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-11-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, 9-fevralda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 9-fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 10-11-fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi. Navoiy viloyati shimolida 8-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 9-10-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 11-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 9-11-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-10-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, 9-fevralda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 9-fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 10-11-fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 9-11-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-11-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, 9-fevralda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 9-fevralda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 10-fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 11-fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-9-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 10-11-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 9-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 10-11-fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), 9-10-fevralda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-fevralda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 9-fevralda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 10-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq -3° iliq; 11-fevralda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring