Bugun pilla, ertaga — tilla

11:27 26 May 2020 Iqtisodiyot
1030 0

Toʻraqoʻrgʻon tumani pillakorlari zafar marrasiga yetib keldilar. Viloyatda birinchi, respublikada ham oldingilar qatorida davlatga pilla sotish shartnomaviy rejasi ortigʻi bilan bajarildi. 3031 quti qurt urugʻidan 167 tonna qimmatbaho sanoat xom ashyosi yigʻib olindi.

Pillachilikni dehqonchilik handalagi deyishadi. Tumanda bu sohaga qishloq ahlini ijtimoiy mehnatga jalb etishning muhim omillaridan biri sifatida eʼtibor qaratilayotgani bejiz emas. Joriy mavsumda ham toʻrt mingga yaqin kishi mazkur yumush bilan shugʻullandi.

— Bu yil mahallamizdagi 31 ta xonadon ipak qurti parvarishladi,-deydi Xoʻjand MFY raisi Ikromjon Isoqov. – Bor-yoʻgʻi bir oy davom etadigan mavsum manfaatdorligini odamlar yurakdan sezib ishlashyapti. Chunki, qurt boqish eng avvalo oilaga yaxshigina daromad. Qolaversa, pillakor uchun bir yillik ish staji.

Qabul manzilgohlaridagilar toʻraqoʻrgʻonliklar topshirgan hosilning sifatidan mamnun. Quruq va ipakchanligi yuqori boʻlgan bu pillalarni tez kunlar ichida qayta ishlashga kirishiladi va ular koʻzni qamashtiradigan shoyi atlasga aylanadi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?