Brendlarni import qiluvchilar reyestri qanday shakllantiriladi
Foto: Arxiv surat
Vazirlar Mahkamasining 99-son qarori bilan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, reyestrga kirish uchun ariza beruvchi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga ariza yuboradi.
Arizaga, jumladan, quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
— ariza beruvchi xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
— mahsulot yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan import shartnomalari;
— tovarlarning sifati yoki xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar;
— tovarning kelib chiqish mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki maʼlumot.
Ariza qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kunida koʻrib chiqiladi.
Ariza beruvchini va xalqaro brendlar tovarlarining Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat 1 yil amal qilish muddati bilan beriladi.
Reyestrga kiritish boʻyicha arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov qiymati har bir import shartnoma summasining, qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha – qoʻshimcha kelishuv summasining 0,8 foizi miqdorida hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi.
Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun BHMning 5 barobari (1,5 mln soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring