“Botirobod” gullari – eksportga
Foto: Xalq so‘zi
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Botirobod” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi aholi oʻz tomorqasida yetishtirgan gul koʻchatlarini Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻiston Respublikalariga eksport qilishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

— Viloyatimizda tomorqadan unumli foydalanish, oʻzini-oʻzi ish bilan taʼminlash, uydan chiqmagan holda daromad topish usullarini ommalashtirishga boʻlgan eʼtibor tufayli mahallamizda gulchilik bilan shugʻullanuvchilar soni tobora ortib bormoqda, — deydi shu mahallada yashovchi Davronbek Karimov. —Shaxsan bizning xonadonda tashkil etilgan issiqxonada besh nafar doimiy, 15 nafar mavsumiy ishchi bandligi taʼminlangan. Ularning oylik maoshlari 1,5-2 million soʻmni tashkil etgani holda oilaviy sof daromadimiz oʻtgan yili 56 mln. soʻmni tashkil qildi. Bu yilgi hisob-kitoblarimizga koʻra 100 mln. soʻm sof foyda olishni koʻzlayapmiz.
Mahallada 640 ta xonadon mavjud boʻlib, unda 4 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. 90 foiz xonadonlar tomorqasidagi issiqxonada gul koʻchatlari parvarishi yoʻlga qoʻyilgan. Ular tomonidan yetishtirilgan koʻchatlar respublikamizning barcha viloyatlariga yetkazib berilmoqda. Mavjud issiqxonalarda yuz turdan ziyod gul koʻchatlari boʻlib, ularning aksariyati xorij mamlakatlaridan olib kelingan va mamlakatimiz iqlimiga moslashtirilgan.
Ichki bozorni kamyob gul koʻchatlari bilan taʼminlab kelayotgan botirobodliklarning dovrugʻi respublikamizdan tashqarida ham maʼlum. Ayni damda ular qoʻshni davlatlar buyurtmasiga asosan koʻchat eksportiga kirishganlar.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring