Boʻstonliqda “Nexia-2” yonib ketdi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hududida “Nexia-2” rusumli avtomobil yonayotgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, holat kecha, 21-mart kuni soat 11:48 da Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Oʻzgarish” koʻchasida sodir boʻlgan. Ushbu vaziyat yuzasidan viloyat FVBga yordam zarurligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatga asosan, qutqaruv boʻlinmalari aytilgan manzilga soat 11:53 da yetib borib, yongʻin soat 11:56 da toʻliq bartaraf etilgan. Boshqarma bergan maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring