Boʻlgʻusi askarlar harbiy xizmatga kuzatildi

16:21 05 Mart 2026 Jamiyat
320 0

Qarshi shahrida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.

Prezidentimizning 2026-yil 2-fevraldagi tegishli qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi masʼullari, Janubi-Gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, soha faxriylari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlash joiz, mamlakatimizda oʻtgan yillar mobaynida harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolarini uy-joy bilan taʼminlash, moddiy, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash borasida katta islohotlar amalga oshirildi. Muddatli harbiy xizmatchilar uchun qator imtiyozlar joriy etildi. Bu esa Qurolli Kuchlarimizning nufuzi yanada oshib, milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish yigitlarimiz uchun nafaqat burch, balki gʻurur va iftixor manbaiga aylandi.

- Harbiy xizmatga borish oʻgʻlim Anvarbekning eng katta maqsadi edi, — deydi Qarshi shahrilik Dildora Sobirova. – Bugun ana shu maqsadi yoʻlida vatan xizmatiga yoʻl olmoqda. Farzandimning bu qarori, albatta, ona sifatida meni juda gʻururlantiradi. Barcha yigitlarimizga vatanga sadoqat bilan xizmat qilib, yorugʻ yuz bilan qaytishini tilayman.

Tadbirda muddatli harbiy xizmatga yoʻl olayotgan oʻgʻlonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер