Bolalarga nafaqa va moddiy yordam qaysi holatlarda tayinlanadi?

Hukumat qarori (654-son, 21.10.2021-y.) bilan Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, ishlovchi onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (byudjet tashkilotlarida ishlaydigan onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bundan mustasno) bola 2 yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun beriladigan har oylik nafaqani olish muddati tugaganidan soʻng bolalar nafaqasini olishi mumkin.
Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib tayinlanadi.
Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha 18 yoshga toʻlgan oyning oxirigacha toʻlanadi.
Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta oilalarga va yakka-yolgʻiz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi.
Oila:
2021-yil 1-sentabrdan – oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik oʻrtacha daromad 440 ming soʻmdan oshmaganda;
2022-yildan boshlab – oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik oʻrtacha daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam taʼminlangan deb eʼtirof etiladi.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tegishli arizalarga asosan “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etilgandan soʻng tayinlanadi.
Har bir oila tomonidan ariza topshirish va “Yagona reyestr” ATga kiritish bir oyda bir marta amalga oshiriladi.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam ariza beruvchi murojaat qilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlanadi.
Qarorga koʻra, 2022-yil martgacha jismoniy shaxslarning dala tomorqa yer maydonlari roʻyxati shakllantirilib, tegishli maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring