Boysun togʻlarida kartoshka yetishtirilyapti
Boysun davlat oʻrmon xoʻjaligida dov-daraxtlar bilan qoplanmagan 366,5 gektar lalmi yerdan samarali foydalanish boshlandi. Bu tashabbus oziq-ovqat xavfsizligi, aholi bandligi va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim qadam boʻlmoqda.


Yuqori Machay mahallasidagi togʻ bagʻrida dehqon Mengli Murtazoyev 7 gektar boʻsh yerda kartoshka yetishtirishga kirishdi. U buloq suvini 3 km masofadan quvur orqali olib kelib, yerni obod qildi va 10 nafar yoshni ish bilan taʼminladi.
— Yer unumli ekan, kelgusi oyda hosilni yigʻamiz, — deydi M.Murtazoyev. — Bu yil 500 million soʻm daromad kutayapmiz. Kelgusida ekin maydonini kengaytirib, 100 ta ish oʻrni yaratish niyatimiz bor.


Oʻrmon xoʻjaligi rahbari Shamsiddin Ostonaqulovning aytishicha, foydalanilmayotgan yerlarda aholining kartoshka yetishtirishga qiziqishi ortmoqda. Xoʻjalikning Kengdala qishlogʻi hududidagi 1,5 gektar yer maydonida parvarishlanayotgan kartoshkadan 60 tonna hosil kutilayapti.


Bunday saʼy-harakatlar yuqori hosildorlik bilan birga, aholi daromadini oshirishga, yangi ish oʻrinlari ochilishiga xizmat qilmoqda.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring