Bodikameralar haqida nimalarni bilish zarur?

10:53 30 Sentyabr 2019 Jamiyat
2518 0

Ilgari xabar berilganidek, 2020-yilning boshidan ichki ishlar organlari xodimlaridan xizmat olib borish davomida bodikameralardan foydalanishlari talab etiladi. Biroq joriy yilning 19-sentyabridanoq poytaxt IIBBning 50 nafar xodimi xizmatga test tartibida bodikameralar bilan kirishdilar (ular qatorida 32 nafar YHXB YPX inspektorlari va 18 ta patrul-post xizmati xodimlari). Bu haqda IIBB xabar berdi.

Keyinchalik Toshkent shahar ichki ishlar organlarining barcha boʻlinmalari, ular qatorida qoʻlga olingan, hibsga olingan va ayblangan shaxslarni, shuningdek, maʼmuriy qamoq qoʻllanilgan shaxslarni konvoylash va etaplash bilan shugʻullanuvchi xodimlarning faoliyatida ham bodikameralardan foydalanish yoʻlga qoʻyiladi. Shu tarzda keyingi yilning boshiga qadar xizmat davomida bodikameralarni ishlatish, maʼlumotlarni mobil uzatish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilish, jarayonni xizmat olib borish davomida nazorat qilish boʻyicha amaliy koʻnikma hosil boʻladi.

BODIKAMERALAR HAQIDA NIMALARNI BILISH ZARUR?

“Bodikamera” moslamasi audio- va videokontentni (FullHD formatida) yozish va markazlashmagan tarzda saqlash, keyinchalik koʻrib chiqish, favqulodda vaziyatlarda markazlashgan dispetcherlik xizmatiga “xavotir” signalini yetkazish, real vaqt rejimida mobil guruhlarning joylashuvlari va faoliyatlarini masofadan turib monitoring qilish imkoniyatini beruvchi moslamadir. Qiziqarlisi, bodikamera moslamasi infraqizil yoritish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlib, ushbu qurilma tungi vaqtda ham oʻn metrlik masofani yoritib, videoga olib borish imkoniyatini beradi.

Xodimda kontentni yozilish jarayoniga aralashish, uni tahrir qilish va oʻchirish imkoniyati yoʻq: kamera, xodim uni qabul qilish vaqtidan boshlab, qaytarib topshirgunga qadar videoga olib boradi. Moslama korpusi ochilmasligi uchun maxsus himoya bilan jihozlangan.

Shuningdek moslama yordamida radioaloqaga chiqish imkoniyati boʻlib, ushbu imkoniyat xodimlarni ratsiyadan foydalanishlariga hojat qoldirmaydi.

Toshkent shahar IIBB qoshidagi MONITORING MARKAZI

Yozuvlar natijasi maxsus serverda bir oy davomida saqlanadi. Bodikameralarni ishlatish uchun zarur boʻlgan axborot tizimida monitoring markazini tashkillashtirish ham koʻzda tutilgan. Aynan oʻsha yerda bodikameralar tomonidan qayd etilgan maʼlumotlar saqlanadi va koʻrib chiqiladi. Moslamaning xotira kartasidan serverga maʼlumotlarni koʻchirish, maxsus dasturiy taʼminot tomonidan WI-FI maʼlumotlar koʻchirish simsiz tarmogʻi yordamida doimiy dislokatsiya joyiga yetib kelgach amalga oshiriladi (arxivga saqlash jarayoni inson aralashuvisiz amalga oshadi). Markaz operatorida moslamaga masofadan turib bogʻlanish va nazorat qilish imkoniyati mavjud.

Monitoring markazidagi maxsus elektron kartada har bir xodimning ayni vaqtda joylashgan manzili, hamda ushbu manzilning patrullash yoʻnalishiga muvofiqligi aks etadi.

Bundan tashqari, shu yerda favqulodda vaziyatlar holatlarida harakatlar koordinatsiyasi amalga oshiriladi: monitoring markaziga avtomatik tarzda geo-, audio- va videomaʼlumotlar yopiq (himoyalangan) aloqa kanallari orqali yetkazilib turiladi.

Qayd etish joizki, bodikameralarni ishga tushirish – shaharda qulaylik va xavfsizlik darajasini oshirish, shuningdek ichki ishlar xodimlari va aholi oʻrtasida oʻzaro hurmatli dialog oʻrnatish yoʻlidagi muhim qadamdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?