Bir qator masʼullar jiddiy ogohlantirildi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida mavjud 6 ta oliy taʼlim muassasasini tanqidiy va tahliliy oʻrgandi.
Bugun natijalar yuzasidan masʼullar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Unda vazir A.Toshqulov viloyatdagi taʼlim muassasalarida sifatni oshirish, professor-oʻqituvchilar ilmiy salohiyatini koʻtarish va talabalarga sifatli taʼlim sharoitlarini yaratish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilganini qayd etdi.
Qarshi davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali faoliyatini tashkil etish ishlari eʼtirof etildi.
Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda mavjud muammolar tanqid qilindi. Xususan, Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyati qoniqarsiz deb topilib, direktor, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari va oʻquv-metodik boshqarma boshligʻiga masofaviy taʼlimni tashkil qilishda yoʻl qoʻygan jiddiy kamchiliklari uchun "hayfsan" berildi. Muammolarni bartaraf etish uchun uch oylik muddat qoʻyildi.
Hududdagi barcha oliygohlarda taʼlim sifatini taʼminlashda bir qator jiddiy kamchiliklar mavjud ekani tilga olindi.
Ishchi guruh oʻrganishlarni ertaga Surxondaryo viloyatida olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring