Bir oʻquv yilida 2 martagacha davlat imtihonlarini qayta topshirish imkoniyati yaratildi
Mazkur yangi tartibni belgilash toʻgʻrisidagi hujjat Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Adliya vazirligi tomonidan оliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 1963-3, 2021-yil 16-noyabr).
Unga koʻra, yakuniy davlat attestatsiya sinovidan oʻta olmagan shaxs keyingi har bir oʻquv yilida (3 yil davomida) oʻz arizasiga muvofiq 2-martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.
Oldingi tartib boʻyicha bitiruvchi yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan oʻta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab boʻlib kelgan.
Endilikda talabalar tomonidan qayta topshirish toʻgʻrisidagi arizalar yigʻilishiga qarab bir oʻquv yilda ikki martagacha davlat imtihonlarini qayta topshirish imkoniyati yaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring