Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul
Foto: Xalq soʻzi
Koʻp yillar turli sohalarda faoliyat yuritib, katta hayotiy tajribaga ega, bosib oʻtgan hayot yoʻli boshqalarga ibrat boʻladigan, xalq orasida oʻziga xos obroʻ va eʼtibor topgan keksalarning tajribasini keng yoyish maqsadida Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi tashabbusi bilan “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” loyihasining Namangan viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Bu loyihaning shahar va tuman bosqichlarida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari yakunlovchi bosqichda viloyat sharafini himoya qilish maqsadida uchta shartda oʻzaro bellashdilar.

Tadbir jarayonida qatnashchilar bilim va koʻnikmalari, amalga oshirayotgan ishlarini namoyish qilib, oʻzaro tajriba almashdilar. Yakunda Yangiqoʻrgʻon tumani “Vodiy” mahalla fuqarolar yigʻini keksalar maslahat guruhi rahbari Dilorom Isomiddinova birinchi oʻringa munosib topildi. Keyingi faxrli oʻrinlarni Uychi tumani “Qumtepa” mahallasi vakili Maʼrufjon Yoʻldoshev va Kosonsoy tumani “Guliston” MFYdan Basidaxon Muhammadiyeva egalladilar.

— Yurt taqdiriga befarq boʻlmagan keksalar bugun “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” loyihasining viloyat bosqichida ishtirok etdilar, —deydi “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi raisi Ikromxon Najmiddinov. — Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad keksalarimizning yoshlar tarbiyasidagi tajribalarini oʻrganish eng samaradorlarini ommalashtirishdan iborat edi. Zero, ayni sohadagi ishlarni puxta yoʻlga qoʻyish orqali mahallalarda oilalar ajrimini kamaytirish, jinoyatchilikning oldini olish, aholi bandligini taʼminlash hamda xalqimiz oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini tashkil qilishga erishamiz.
Loyihada ishtirok etgan barcha nuroniylarga tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari topshirildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring