“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻqib chiqqan yoshlar soha kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratmoqda
Foto: president.uz
Prezident huzurida Axborot texnologiyalari vazirligining faoliyati va 2022-yildagi rejalari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Soʻnggi yillarda IT sohasi butkul yangidan tashkil etilgani taʼkidlandi.
Masalan, 2017-yilda sohaning eksporti hajmi bor-yoʻgʻi 600 ming dollar boʻlgan boʻlsa, oʻtgan yili bu koʻrsatkich 46 million dollarga yetdi.
Joriy yilning birinchi choragida:
— IT xizmatlari eksporti 16 million dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobar oshdi;
— joylarda qoʻshimcha 2 ming 800 ta mobil aloqa stansiyalari oʻrnatildi (3 barobar koʻp);
— IT-park tomonidan 1,5 ming yoshlar ish bilan taʼminlanib, umumiy soni 11,5 ming nafarga yetdi.
Joriy yildan barcha yangi qurilgan koʻp qavatli uylar optik internet bilan foydalanishga topshirilmoqda.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻqib chiqqan yoshlar soha kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring