Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlashga mablagʻlar ajratish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotining miqdori taqdirlash toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni, qarori yoki Oliy Majlis palatalarining qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan amalda boʻlgan BHMdan kelib chiqib hisoblanadi.
“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqi yoki pensiyaga qoʻshimcha ravishda har oyda BHM miqdorida ustama haq oladilar.
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlash AT “Xalq banki”ning barcha filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring