Bibisora Turobova vafot etdi
Taniqli shoira Bibisora Turobova 2024-yil 15 sentabr kuni vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Bibisora Turobova 1952-yil 1 sentabrda Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyati Xatirchi tumanida tugʻilgan. Oʻrta maktabdan keyin Maktabgacha taʼlim texnikumida oʻqib, soʻng Samarqand davlat pedagogika institutida taʼlim olgan.
1990-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlgan. Oʻnga yaqin sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa, “Kelin salom” va “Men izlagan quvonch” sheʼriy kitoblari katta eʼtibor topdi.
“Xalq soʻzi” nashri jamoasi va koʻp sonli aʼzolari uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring