Bibixonimning 17 kg.lik libosi taqdimoti o‘tkaziladi — Islom sivilizatsiyasi markazi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xabariga ko‘ra, texnika fanlari doktori, xalqaro moda olami vakili, professor Xolida Komilova Markaz ekspozitsiyasi uchun Amir Temur va Bibixonim liboslari ustida ish olib bormoqda.
Bunda professor miniatyura va keyinchalik ishlangan rasmlardan hamda ispaniyalik sayyoh Rui Gonzales de Klavixo yozib qoldirgan manbalarga tayanishi haqida to‘xtalib o‘tdi:
— O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi uchun Amir Temur va Bibixonimning shohona liboslarini yaratmoqchimiz. Bunda aniq asoslangan ilmiy manbalarga tayanyapmiz. Unda Amir Temurning to‘ni, kamari va liboslaridagi naqshlar, ular qanday ma’no anglatishini bilishimiz kerak. Shularni inobatga olgan holda san’atshunoslar va olimlar bilan liboslar ustida ish olib boryapmiz. Yaqinda Fransiyada Klavixo yozganlariga asoslangan holda yaratilgan Bibixonimning shohona kiyimi taqdimotini o‘tkazdik. Ular buni katta qiziqish bilan kutib oldi. Biz markazga ushbu kiyimlarni yanada mukammal va jozibador qilib tayyorlab bermoqchimiz.
Liboslardagi har bir rang va naqshlargacha ilmiy asos bilan yondashmoqchimiz. Klavixoning yozishicha, Bibixonimning bosh kiyimida qimmatbaho va rangdor toshlar bo‘lgan, libosi og‘irligidan uning ortidan 15 nafar qiz ko‘maklashib yurgan. Biz namuna tarzda yasagan libosimiz ham 17 kilogramm bo‘ldi. Markaz ochilgandan so‘ng ham, ekspozitsiya uchun Temuriy malikalarning shu kabi ko‘plab liboslarini doimiy tarzda taqdim etib boramiz. Bizning sivilizatsiyamiz yuksak va baland. Buni keng jamoatchilikka, dunyo hamjamiyatiga ko‘rsatishimiz uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi minbar vazifasini o‘tashi bizni mamnun qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring