Bepul yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlar elektron tanlanadi
Foto: Arxiv surat
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni elektron tanlash imkoniyati yaratilmoqda.
Mazkur advokatlarni ishga jalb etish inson omilisiz “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tasodifiy tanlanadi.
Maʼlumot uchun: amalda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishi uchun advokat faqat jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan jalb etiladi.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokatlar haqidagi maʼlumotlar ochiq va shaffof holda “Yuridik yordam” axborot tizimida eʼlon qilinadi.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni elektron tanlash tizimi “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi qabul qilinib, tegishli protsessual qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritilganidan soʻng ishga tushiriladi. Bugungi kunda qonun loyihasi Oliy Majlis Senatida koʻrib chiqilmoqda.
Ushbu loyiha bilan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatiladigan ishlar roʻyxatiga fuqarolik va maʼmuriy ishlarni kiritish orqali fuqarolarning bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari yaratiladi.
Bepul yuridik yordam koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirilishi va shaffoflashtirilishi fuqarolarga odil sudlovga erishish darajasini oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring