Bemor umrini 25 yilga uzaytiruvchi aorta protezi yaratildi
Aorta — inson tanasidagi eng yirik arteriya. U orqali barcha aʼzolar va toʻqimalarga qon yetib boradi. Shu bois aortaning kengayishi yoki yorilishi hayot uchun xavfli. Bunday vaziyatda uning zararlangan qismiga protez oʻrnatilishi zarur.
Ayniqsa, bu muhim arteriyaning yurak bilan tutashgan qismi zaif. Chunki bu nuqtadan qon juda katta bosim bilan oʻtadi. Shu bois kardiojarrohlikda yuqori sifatli va chidamli implantlarga ehtiyoj katta.
Rossiyaning I.M.Sechenov nomidagi tibbiyot universiteti yurak-qon tomir jarrohligi klinikasi olimlari shunday protezni yaratishga muvaffaq boʻldi.
Yangi implant oldingi muqobillariga nisbatan koʻproq chidamli. Bu esa uning foydalanish muddatini oshiradi. Protezning oʻziga xos xususiyati shundaki, u aorta tomirining ichki tuzilishi bilan bir xil, qon oqimining tabiiy harakatini taʼminlaydi.
Qolaversa, yangi mahsulotni tayyorlashda ishlatilgan maxsus material uning yuzasida bakteriyalar koʻpayishi va tromblar hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladi.
Bundan tashqari, implantni operatsiya chogʻida oʻrnatish oson. Bu esa jarrohlik amaliyotini odatdagidan ancha tezroq bajarish imkonini beradi.
Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, sunʼiy moslama 1 milliard yurak urishiga bardosh beradi. Bu insonning 25 yillik umriga teng.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring