“Barselona”dan super remontada
Kecha Ispaniya La Ligasining 2-tur oʻyinlari davom ettirildi. Birinchi turda yirik gʻalabaga erishgan amaldagi chempion, Kataloniyaning “Barselona” jamoasi tur doirasida Valensiya shahrida mehmon boʻldi. Jamoaga ushbu bahsda liga debyutanti “Levante” jamoasi raqiblik qildi.
Taʼkidlash kerakki, oʻyin umuman kutilmagan ssenariy asosida boshlandi. Uchrashuvning 15-daqiqasida hisob mezbonlar hujumchisi Ivan Romero tomonidan ochildi. Taymga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Xose Luis Morales hisobni 2:0 koʻrinishiga olib keldi.
Ammo chempionlar ikkinchi boʻlimda “kambek” amalga oshira oldilar. 49-daqiqada Pedri hisobni qisqartirgan boʻlsa, oradan 3 daqiqa oʻtib, Ferran Torres “Barselona”ning ikkinchi golini kiritdi.
Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa “Levante” himoyachisi Unai Elgezabal oʻz darvozasini ishgʻol etib qoʻydi. Shu tariqa yakuniy hisob 2:3 koʻrinishiga keldi.
Dastlabki 2 turda gʻalaba qozongan “Barselona” uchinchi turni ham mehmonda oʻtkazadi. Bu gal jamoa Madrid shahrida “Rayo Valekano” klubi bilan kuch sinashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring