“Barselona” kutilmaganda magʻlubiyatga uchradi
Kecha, 18-yanvar kuni Ispaniya La Ligasining 20-turidan oʻrin olgan bahslar yakunlandi. Kun doirasida oʻrin olgan uchrashuvda “Real Sosyedad” klubi oʻz maydonida “Barselona”ni qabul qildi.
Uchrashuv 2:1 hisobida maydon egalarining gʻalabasi bilan yakunlandi. Gʻoliblar safida gollarga Mikel Oyarsabal va Gonsalo Garsiya mualliflik qildi. “Barselona”ning yagona javob goli esa Markus Reshford hisobiga yozildi.
Ushbu magʻlubiyatdan soʻng, “Barselona” klubining “Real Madrid” bilan oʻrtadagi farqi 1 ochkogacha qisqardi. “Barselona” jamoasi ustozi Xans Flik esa oʻyindan soʻng quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi:
“Meni hafsalam pir boʻldi. Biz yaxshi oʻyin koʻrsatdik va koʻplab vaziyatlar yaratdik, lekin natija maydondagi oʻyinga mos kelmadi. Baʼzan hamma narsani toʻgʻri qilasan, lekin, doim ham sen tomonda boʻlmas ekan. Himoyada ishonchliroq oʻynash kerak boʻlgan vaziyatlar boʻldi, ammo bu futbol va men jamoaning bugungi harakatidan mamnunman”, — deya Flikning soʻzlarini keltirmoqda “Marca” nashri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Senatorlar va Senat devoni xodimlari umumxalq hashari doirasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissalarini qoʻshdi
- Abdulaziz Komilov Boku forumida Yevroosiyoning yangi transport-logistika xaritasi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ilgari surdi
- Qatardan oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring