“Barselona” yirik magʻlubiyat qabul qildi
Kecha, 12-fevral kuni Ispaniya kubogi musobaqasining yarim final bosqichidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidagi uchrashuvda “Barselona” klubi Madrid shahrida “Atletiko” jamoasi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 4:0 hisobi Diyego Simeone boshchiligidagi jamoa foydasiga hal boʻldi. Hisob 6-daqiqada ochildi. “Barselona” futbolchisi Erik Garsiya oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. Oradan 8 daqiqa oʻtib, Antuan Grizman hisobni 2:0 koʻrinishiga olib keldi.
33-daqiqada Ademola Lukman hisobni yiriklashtirdi. Hakam tomonidan birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan ikkinchi daqiqada Xulian Alvares jamoasining toʻrtinchi golini kiritdi — 4:0.
Ikkinchi boʻlimda hisob oʻzgarmadi. 85-daqiqada Erik Garsiya maydondan chetlatildi. Shu tariqa uchrashuv 4:0 hisobi bilan yakunlandi.
Maʼlumot uchun, jamoalar oʻrtasidagi javob bahsi 4-mart kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring