Barchamiz birlashib, bir kuchmiz
Sardobada yuz bergan hodisa nafaqat, sirdaryoliklarning, balki barchamizning tashvishimizdir. Bu yerdagi mavjud muammolarni vaqtida bartaraf etib, aholi turmush tarzini izga tushirish uchun barchamiz bir tanu bir jon boʻlmogʻimiz kerak. Ana shu ahdu shijoatni oʻziga shior bilgan andijonlik bir guruh energetiklar ayni paytda Sardobada vayron boʻlgan elektr tarmoqlarini qayta tiklash ishlarida ishtirok etmoqdalar.
-Xalqimiz boshiga shunday tashvish tushgan bir paytda oʻz oʻrnimizni voqea joyida, deb bildi,-deydi “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ bosh direktori Ahadjon Joʻrayev.-Ayni paytda aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash borasida astoydil mehnat qilyapmiz. Sirdaryoliklarga kerak boʻlsa uyimizdan joy berishimiz, rizqimizni birgalikda baham koʻrishimiz mumkin. Muhimi, mana shunday qaltis vaziyatda hech kim mushtoqlikda qolmasligi kerak.
“Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning 25 nafar tajribali mutaxassislari 10 ta maxsus texnik vositalar yordamida simyogʻochlar oʻrnatish va elektr tarmoqlarini tortish ishlarini olib bormoqdalar.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring