Barcha yoʻllar Samarqandga eltadi
Foto: Xalq soʻzi
Biz Prezidentimizga turizm sohasini rivojlantirishda koʻrsatayotgan gʻamxoʻrligi uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchimiz.
Masalan, pandemiya davrida butun dunyo turizm sohasi inqirozga uchradi. Ammo davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Oʻzbekistonda turizm inqirozdan saqlab qolindi. Bugungi kunda dunyoning 94 davlati Oʻzbekistonda vizasiz 30 kun qolishi hamda qolgan davlatlar elektron ravishda 3 kunda viza olishi turizm oqimining yanada oshishiga turtki boʻlmoqda.
Prezidentimizning bizga yaratib bergan imtiyozlaridan foydalanib oʻzimizni avtoparkimizni tashkil qildik. Bugungi kunda 30 dan ziyod avtobus va mikroavtobuslarimiz mavjud. Samarqand shahrida bir nechta mehmonxonalar barpo etganmiz.
Bundan tashqari, Navoiy viloyatining Konimex tumanida turistlar uchun 150 oʻrinli oʻtov-yurtalar , Aydarkoʻl boʻyida esa dam olish maskani bunyod etildi. Shu yilning boshida Indoneziya va Malayziya davlatlarida boʻlib, yirik turistik korxonalar bilan “Umra+” dasturi boʻyicha kelishuvlarga erishdik va Haj mavsumidan keyin Indoneziya va Malayziyadan bizni korxonamiz orqali 50 ming nafar turist olib kelish rejalashtirildi. 2023-yilning 3-10-may kunlari Xitoyning Chendu va Sian shaharlarida xitoylik yirik sayyohlik korxonalari bilan uchrashuv oʻtkazib, chin yurtidan 10 ming nafar sayyoh kelishi rejalashtirib olindi.
Bugungi muloqotdan ham oʻzimizga juda katta ragʻbat va kuch oldik. Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan aytilgan fikrlar va berilayotgan imtiyozlar faoliyatimizni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Demak, yaqin istiqbolda dunyo sayyohlarining barcha yoʻllari Samarqandga eltadi!
Tolib JAHONGIROV,
Samarqand viloyatidagi “Shaherezada
Sam Star Tour” turistik korxonasi rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring