Banklar joriy yilda 50 ming yosh tadbirkorga biznes reja tayyorlashda koʻmaklashib, ularning xarajatini qoplab beradi

13:19 24 Fevral 2026 Siyosat
335 0

Garvard, Stenford, London iqtisodiyot maktabi kabi nufuzli oliygohlar ilgʻor tajribalar asosida yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitishda hamkorlik qilishga tayyor.

Yoshlar ishlari agentligiga ushbu xorijiy oliygohlar bilan kamida 40 ming yoshlarni biznesga oʻrgatadigan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini boshlash topshirildi.

Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxshi 1 ming nafar yoshning loyihasiga uch yil muddatga 200 million soʻmgacha 7 foizli ssuda beriladi.

Har yili “Yosh tadbirkorlar” tanlovi oʻtkazilib, eng yaxshi 100 ta loyihani brendga aylantirish uchun “Yoshlar venchurs” jamgʻarmasidan 1 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratiladi.

Banklar bittadan konsalting kompaniya tashkil qilib, joriy yilda 50 ming yosh tadbirkorga biznes reja tayyorlashiga koʻmaklashib, ularning xarajatini qoplab beradi. Yirik savdo tarmoqlari vakillari va malakali mutaxassislar jalb qilinib, kamida 20 ming yosh tadbirkorlikka oʻqitiladi.

Shu bilan birga, 1-martdan yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarga infratuzilmaga ulanish bilan bogʻliq davlat xizmatlarining xarajatlari Yoshlar tadbirkorligi jamgʻarmasidan qoplab beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер