Banan importi qariyb 38 ming tonnaga oshgan

16:00 21 Dekabr 2021 Iqtisodiyot
1421 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qariyb 70 ming tonna banan import qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38 ming tonnaga oshgan.

2021-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp banan import qilgan davlatlar:

— Ekvador – 67,7 ming tonna

— Qozogʻiston – 1,2 ming tonna

— Turkiya – 355,7 tonna

— Qirgʻiz R. – 296,3 tonna

— Rossiya – 58,4 tonna

— Ozarbayjon – 21 tonna.

Banan narxlari bir oyda 3,5 % ga, yil boshidan buyon 8,6 % ga arzonlashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер