“Baxtim shul – o‘zbekning Zulfiyasiman”
O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Baxtim shul – o‘zbekning Zulfiyasiman” hujjatli filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikda “Xalq yuragi” turkum doirasida suratga olingan “Baxtim shul – o‘zbekning Zulfiyasiman” hujjatli filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Namoyishda Kinematografiya agentligi vakillari, talaba-yoshlar, kinoijodkorlar hamda kino ixlosmandlari ishtirok etishdi. Mazkur filmning rejissyori Navro‘za Biynazova filmning yaratilish maqsadi va ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilari Zulfiyaxonimning she’rlarini ifodali o‘qib, shoiraning sermazmun ijodiy merosiga bo‘lgan hurmat va muhabbatlarini namoyish etishdi.
Shuningdek, Kino saroyga tashrif buyurgan tomoshabinlar yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, milliy kino merosimizning boy va rang-barang tarixidan bahramand bo‘lmoqdalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring