Bayram munosib nishonlandi
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Qizilqum kengliklarining geologik jihatdan oʻrganilishi oʻn foizning nari-berisida ekan. Tabiiyki, bu mamlakatimiz geologlari oldiga oʻta masʼuliyatli vazifalarni qoʻyib, ularning mehnatini qadrlash va fidokorliklarini munosib taqdirlashni taqozo etadi. Zero, geologlar aniqlagan har bir kon mustahkam xom-ashyo zaxiralari bazasi sifatida mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini taʼminlaydi.
Shu jihatdan 2026-yil 4-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida” gi Farmoniga asosan “Navoiyuran” davlat korxonasi Uran geologiyasi markazi “Zirabuloq« geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi Tolibjon Moʻminov «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog« faxriy unvoni «Navoiy uran” davlat korxonasi geologiya va qidiruv boʻyicha direktori Sherali Joʻrayev ham «Shuhrat« medali bilan taqdirlanishi har bir qizilqumlik geolog qalbida fidokorlik olovini yoqdi.
“Navoiyuran” DK zaxiralarini oʻstirishda “Zafarobod” kon boshqarmasi geologiya va geofizika xizmati muhim oʻrin tutadi. Chunki uran qazib olish jarayoni asosan geologlar tomonidan aniqlangan konlar va ishlab chiqilgan rejalarga bevosita bogʻliq.
— Hozirda korxonaning mineral-xomashyo bazasini mustahkamlash maqsadida 12 ta konni oʻzlashtirish ustida ish olib bormoqda, — deydi davlat korxonasining geologiya va qidiruv boʻyicha direktori Sherali Joʻrayev. — Bugungi kunda yangi konlarni oʻzlashtirish texnologiyalarini takomillashtirib, yer osti boyliklaridan samarali foydalanish va yoʻqotishlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Taʼkidlash joiz, geologiya xizmati faoliyati koʻp qirrali boʻlib, u uzoq muddatli rivojlanish rejalarini ishlab chiqish, burgʻilash va qazib olish ishlarini nazorat qilish hamda geologik maʼlumotlarni tahlil qilishni oʻz ichiga oladi. Ayni paytda boʻlimda 40 nafardan ortiq mutaxassis — geologlar, geofiziklar, marksheyderlar, gidrogeologlar va texnik xodimlar faoliyat yuritmoqda.
Soʻnggi yillarda “Zafarobod” kon boshqarmasida markazlashtirilgan “Geologiya va geofizika ishlarini tashkil etish guruhi” tashkil etilib, Petrel dasturi asosida 3D modellashtirish orqali zaxiralarni hisoblash yoʻlga qoʻyildi. Tezkor guruh tomonidan geofizik tadqiqotlar natijalari asosida burgʻulash ishlariga operativ koʻrsatmalar berilmoqda.
Modernizatsiya natijasida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, kon ustalari planshetlar va maxsus qurilmalar orqali maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri markazga uzatmoqda. Bu esa boshqaruv samaradorligini oshirib, kon boshqarmasining istiqboldagi rivojiga mustahkam zamin yaratmoqda.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring