Bayram dasturida besh yuz nafar yoshlar chanqovuz chalishadi
I Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ochilish marosimining bayram dasturida 500 nafar yoshlar chanqovuz chalishadi. Bu haqda festival Matbuot markazi xabar bermoqda.
Bayram dasturi repertuaridan oʻrin olgan ushbu musiqiy chiqishda yosh ijrochilar Surxon vohasi urf-odat, anʼanasini oʻzida mujassam etgan, vohaga xos kuyni ijro qilishadi.
Aytish kerakki, yoshlar tomonidan ijro etilishi rejalashtirilgan ushbu musiqiy chiqishda ijrochilar vohaning betakror tabiati va takrorlanmas sanʼatini chanqovuz asbobi kuyida tasvirlab berishadi.
“Ijro mahsulini eshitar ekansiz, kuyda yangrayotgan ohangda yurakni junbushga keltiruvchi nola borligini his qilasiz. Va atrofga taralayotgan musiqa sizni bir dam olis oʻtmishga yetaklagandek, goʻyo”, deyiladi xabarda.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, oʻtkaziladigan festivalga boysunlik hunarmandlar oʻz hissasini qoʻshishga astoydil kirishgan. Jumladan, Gʻayrat Musurmonov tomonidan ming dona chanqovuz asbobi yasab berildi. Uni usta hunarmand yetmish kun davomida yasadi.
Qisqacha aytganda, festivalda chanqovuz tilini sayratgan, dillarni yayratadigan yosh chanqovuzchilar bayram dasturiga alohida tayyorgarlik koʻrishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring