Bayram arafasida yangi uy kaliti topshirildi
Yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosidagi islohotlar har bir hududda samarasini bermoqda. Bu jarayonda ota-onasidan erta ayrilgan yoshlarga alohida mehr, gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelinayotgani ham eʼtiborga molik. Ularning taʼlim olishi, kasb egallashi, ish va uy-joy bilan taʼminlanishi kabi masalalarni davlatimiz oʻz zimmasiga olgan.
Bu boradagi xayrli ishlar doirasida Beruniy tumanida 2025-yil davomida 8 nafar ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarni uy-joy bilan taʼminlash belgilangan.

Istiqlol bayrami arafasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman boʻlimi masʼullari tomonidan hozirda oliy taʼlim muassasasi talabasi boʻlgan Suxrob Yuldashevga bir xonali, barcha qulaylikka ega uyning kaliti tantanali ravishda topshirildi.
— Men kabi yoshlarning eng katta orzusi oʻz uyiga ega boʻlish hisoblanadi, — deydi Suxrob. — Davlatimizning bizga gʻamxoʻrligi natijasida minglab yoshlarning orzusi roʻyobga chiqmoqda. Bu uy men uchun bayramga ajoyib sovgʻa boʻldi. Endi boshqa ishlarga chalgʻimasdan oʻz mutaxassisligim boʻyicha yetuk kadr boʻlishga harakat qilaman. Shu tariqa Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishga vaʼda beraman.
Gʻayrat OTAJONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring