Bayram arafasida uyli boʻldim — Ibodat Halimova
Foto: “Xalq soʻzi”
Buxoro viloyati Jondor tumanida istiqomat qiluvchi Ibodat Halimova uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi bir umr yodda qoladigan boʻldi. Gap shundaki, “Ayollar daftari”da turgan I. Halimova bayramni ilk bor oʻzining yangi uyida kutib olmoqda.
— Bu yurtdoshimiz ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand fuqaro sifatida shu paytga qadar “Qalmoq” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi ijtimoiy yotoqxonada yashardi,— deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi raisi Joʻrabek Kozimov. — Uning xohish-istagi, qolaversa, yordamga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturga muvofiq, “Navgadi” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi massivda qad rostlagan koʻp qavatli uylardan biri Ibodat Halimovaga ajratildi.
— Xalqimiz “Oʻz uying – oʻlan toʻshaging” deya bejiz aytmagan, — deydi oʻz navbatida I. Halimova. — Men bu kunni orziqib kutgan edim. Bayramni shunday shinam va koʻrkam uyda kutib olayotganimdan xursandman. Menga oʻxshagan koʻmakka muhtoj xotin-qizlarning tashvishini yengil qilayotgan Prezidentimiz, hukumatimizdan minnatdorman.
Aytish joizki, Jondorda tuman hokimligi, tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da turgan fuqarolarning muammolari oʻrganilib, ular yechimi topilyapti. Bayram arafasida oʻnlab ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, uy- roʻzgʻor buyumlari hadya qilinayotgani yurtimizda ezgu va xayrli ishlar izchil davom etayotganidan dalolat bermoqda.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring