Bahorni yetaklab kelgan shoira
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Oʻzbekistonda har yili bahor Zulfiyaxonim tugʻilgan kuni bilan kirib keladi. Bu yil ham koʻklam shoiraning sheʼrlari va satrlari bilan yurtimizga qadam qoʻydi.
Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida oʻzbek xalqining sevimli adibasi, taniqli jamoat arbobi va Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilovaning tavalludining 110 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova ochib berdi.
Shundan soʻng, Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori Turdiqul Bobomurodov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoira Sharifa Salimova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi va shoira Muhtarama Ulugʻova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, “Doʻstlik” ordeni sohibasi va shoira Farida Afroʻz, hamda Zulfiya Isroilovaning nabirasi Lola Muxitdinova soʻzga chiqib, Zulfiyaxonimni iliq xotiralar bilan esga oldi. Ular Zulfiya Isroilovaning sheʼriyatining yuksakligi, uning ijodiy merosi va xalq orasidagi ahamiyati haqida fikr bildirdilar.
Tadbir davomida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari Maʼmura Toʻrayeva, Xulkar Sherzodova va Rohilabonu Gʻoʻchchiyeva Zulfiyaxonimning “Bu oqshom”, “Sogʻinganda” va “Koʻrganmiding koʻzlarimda yosh” singari sheʼrlaridan yigʻilgan asarlari haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, xushovoz xonandalar va Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari Ruxsora Abdullayeva va Oʻgʻilxon Sulaymonova “Oʻrik gullaganda”, “Soʻlim bahor” qoʻshiqlarini, shuningdek, “Dugonalar” operasini ijro etdilar.
Tadbirning yakunida, davlat va jamoat arboblari, shoiraning oila aʼzolari, yozuvchilar, shoirlar, vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari Zulfiya haykalining poyiga gulchambarlar qoʻydilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring