Askarlar test sinovlarini topshirdi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Ayni kunlarda mamlakatimizdagi barcha harbiy qismlarda Vatan oldidagi yigitlik burchini oʻtab, fuqarolik hayotiga qaytishga hozirlik koʻrayotgan yigitlar jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturining oʻzlashtirilganligini yakuniy baholash va ularning bilim darajasini tekshirish maqsadlarida test sinovlarini topshirmoqda. Xususan, Navoiy shahridagi milliy gvardiya boshqarmasining 87214 harbiy qismida ham mazkur tadbir oʻtkazilib, unda 64 nafar askar yigit test sinovlarini topshirdi.
— Test sinovida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlayotgan askarlar yuzta savol asosida oʻzlarining jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligi hamda fizika va matematika fanlaridan bilimini va mantiqiy savollar boʻyicha salohiyatini sinovdan oʻtkazdi, — deydi Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyati boʻlimi boshligʻi Nurxon Bekniyozov. — Ushbu sinov natijalari asosida ularga OTM va oliy harbiy taʼlim bilim yurtlariga kirishlarida imtiyoz beruvchi tavsiyanoma beriladi.
Mazkur tavsiyanomalar asosida ular umumiy test sinovlarida ishtirok etishib, OTM muassasasida ajratilgan 5 foizlik kvotaga tushish uchun imtiyozliliklar oʻrtasida oʻzaro raqobatda ishtirok etadi. Ularning imtiyozlari oʻzlari tanlagan birinchi OTMgagina kuchga ega boʻladi.
— Mazkur test sinovlariga puxta hozirlik koʻrdik, — deydi oddiy askar Siroj Ermatov. — Harbiy xizmatimiz davrida buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Albatta, bu yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukmronligining samarasidir.
Bu yigitlar oʻz hayotlaridagi dastlabki sinovni muvaffaqiyatli topshirib boʻldi. Vatan himoyasiga chogʻlanishning oʻzi har bir yigit uchun nainki burch, balki sharafdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring