Asalarichilikda yangicha yondashuv

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Bir ishga astoydil kirishgan odam uning hadisini oladi. Jalaquduq tumanidagi Hasanobod mahallasida tomorqachilik, chorvachilik rivojlangan. Har bir xonadon ushbu yoʻnalishlarda bir yilda kamida 25-30 mln. soʻm daromad olish imkoniga ega. Shunday boʻlishiga qaramay, asalarichilik ham shakllangan. Hozirda 300 ga yaqin xonadonda bol ortidan moʻmay daromad olinyapti. Eʼtiborli jihati mahalla ahli asal sotish bilangina cheklanib qolmay, yoʻnalishga yangicha yondashuv orqali qoʻshimcha daromadga ega boʻlmoqda.
— 50 ta uyada asalarim bor, — deydi shu mahallada yashovchi Farogʻiddin Nasriddinov. — Asal sotishgacha boʻlgan vaqtda ham daromad olishga harakat qilaman. Buning uchun mart oylarida zotli ona ari chiqarib, mahalliy asalarichilarga sotaman. Aprel oylarida ona ari sutini, mumini yigʻib olaman. Shundan soʻng arilarni sotish jarayoni boshlanadi. Daromad ham chakki emas. Misol uchun, bir litrli bankadagi asal 1,5 kg. vaznga ega boʻlib, 150 ming soʻmga sotiladi. Shu idishga asalari uyasi bilan joylanib sotilganida esa 200 ming soʻmdan 300 ming soʻmgacha narxlanadi. Umuman olganda, bir quti asalaridan yil davomida oʻrtacha 3 million soʻm asaldan tashqari qoʻshimcha daromad olish imkoni mavjud.
Farogʻiddin qoʻllab koʻrayotgan ushbu usul oʻz samarasini bera boshladi. Shu bois yana 40 ta xonadonda tajribani ommalashtirish jarayoni ketmoqda. Asalarichilikdagi yangicha yondashuv har bir oilaga oʻrtacha 150 million soʻm qoʻshimcha daromad keltiradi. Mahallada bir mavsumda 30 tonna asal yetishtirilishini inobatga olsak, foyda miqdori nechogʻli salmoqli ekanligini tushunish mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring