Arnasoy qulupnaylari
Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Bir paytlar Arnasoy tumani desa koʻz oʻngimizga asosan paxta va gʻalla yetishtiriladigan, yerini shoʻr bosgan choʻl hudud kelar edi. Hozir esa, Arnasoy iqtisodiy koʻrsatkichlari yaxshilanib borayotgan, chet el investitsiyasi faol jalb qilinayotgan tumanlar sirasiga kirib ulgurdi. Bu maskanning tadbirkor insonlari har jabhada faqat oldinga intilayotgani hududning yorqin kelajagidan dalolatdir.
Prezidentimizning 2022-yil 2-noyabrdagi “Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi ham mazkur tumanda namunali yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, Gʻafur Gʻulom nomli mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi tadbirkor Olim Shaminov oʻz xonadonidagi 2 sotix maydonda gidroponika usulida qulupnay yetishtirmoqda.

— Qulupnay parvarishi oʻta nozik ishlardan biri hisoblanadi. Har bir agrotexnik tadbirni oʻz vaqtida, sifatli amalga oshirish talab etiladi. Issiqxonadagi issiqlik ham meʼyorida boʻlishi muhim. Bundan tashqari, nav tanlashga alohida eʼtibor qaratish kerak. Tanlangan nav yerning tarkibi, unumdorligiga, ekilgan hudud iqlim sharoitiga mos boʻlmasa koʻzlagan hosilni olib boʻlmaydi, — deydi O. Shaminov.
Tadbirkor hozir yetishtirgan qulupnaylarini asosan ichki bozorga, savdo majmualariga yetkazib berib, yaxshigina daromad olmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring