AQSHda bir nechta portlash sodir boʻldi
Illyustrativ foto
AQSHning Brunsvik shahrida (Jorjiya shtati) kimyo zavodida kuchli yongʻin boshlandi. Korxonada ketma-ket portlashlar sodir boʻlganidan soʻng, mahalliy hokimiyat unga tutash aholi punktlari aholisini evakuatsiya qildi. Bu haqda “Fox News” xabar tarqatdi.
Tarqalgan lavhalarda zavodning oʻzidan katta tutun koʻtarilayotganini koʻrish mumkin. Yongʻin allaqachon toʻxtatilgan, biroq qutqaruv xizmatlari shamol yoʻnalishi oʻzgarganidan keyin yana alanga olishidan xavfsiramoqda.
Hammasi boʻlib uchta aholi punkti evakuatsiya qilingan. Portlashlar sababi hozircha aniq emas.
Zavod egalarining “Fox News Digital”ga bergan bayonotida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, hech kim jabrlanmagan va xodimlar va aholi uchun xavf yoʻq. Mahalliy oʻt oʻchirish brigadalari va politsiya voqea joyida vaziyatni toʻliq nazorat qilayotgani aytilgan. Boshqa bir manbada esa ushbu hodisa oqibatida kamida bir nafar oʻt oʻchiruvchi jarohat olgani maʼlum qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring